Erdo‘g‘an kurdlarni «Turkiya asrini» birgalikda qurishga chaqirdi
U, shuningdek, kurdlarga «sionist Isroil» tarafdorlaridan voz kechishni tavsiya qildi.
Turkiya va kurdlar umumiy kelajakni birgalikda qurishi kerak, dedi Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an. Uning so‘zlarini TRT Haber nashri keltirdi.
«Aziz kurd birodarlarim, sizdan cho‘zilgan qo‘limizni chin dildan va mahkam ushlab turishingizni kutamiz […] keling, Turkiya asrini birga quraylik», dedi prezident.
U, shuningdek, kurdlarni «sionist Isroil» tarafdorlaridan voz kechishga chaqirdi.
Turkiyada 85 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ba’zi manbalarga ko‘ra, ularning taxminan 25 foizini kurdlar tashkil qiladi.
Turkiyada mahalliy hukumat va mustaqil kurd davlatini yaratish tarafdori bo‘lgan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) o‘rtasida uzoq vaqtdan beri qurolli ziddiyat mavjud.
Oktyabr oyi boshida Anqaradagi samolyot zavodida terakt sodir etilgan edi. Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya hodisada KIP a’zolarini aybladi. Shundan so‘ng Turkiya havo kuchlari Iroq va Suriyadagi 32 ta KIP nishonini yo‘q qildi.
Mavzuga oid
20:33 / 31.10.2024
Turkiya Respublikasining 101 yilligini nishonlayotgan Istanbul – fotoreportaj
20:55 / 30.10.2024
Turkiyada 8 ming yilga qamalgan Adnan Oktarning mulki musodara qilindi
00:08 / 30.10.2024
Turkiya tashqi tahdidlarning oldini olish uchun yangi harbiy platformalar yaratadi
15:10 / 28.10.2024