SamAuto “Komtrans Tashkent 2024” ko‘rgazmasida O‘zbekistondagi eng yangi past polli avtobus prototipini taqdim etdi
SamAuto Toshkentda bo‘lib o‘tgan yirik O‘zbekiston va Markaziy Osiyo yuk va tijorat transporti ko‘rgazmasida yangi to‘qqiz metrli avtobusning prototipini taqdim etdi.
O‘zbekistondagi yetakchi tijorat avtomobillar ishlab chiqaruvchisi – Samarqand avtomobil zavodi (SamAuto) Toshkentda 23-25 oktyabr kunlari CAEx ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tgan “Komtrans Tashkent 2024” xalqaro ko‘rgazmasida qatnashdi. Kompaniya keng mahsulot assortimentini, jumladan eng yangi ishlanmalarni namoyish qildi. SamAuto stendidagi asosiy tadbirlardan biri SAZ LF70 avtobusi prototipining taqdimoti bo‘ldi.
Siqilgan tabiiy gazdagi SAZ LF70 prototipi
SamAuto taqdim etgan SAZ LF70 avtobusining prototipi – bu “SamAuto”ning eng yangi o‘z ishlanmasi. Tejamkor va ekologik toza to‘qqiz metrli past polli avtobus siqilgan tabiiy gaz (CNG)da harakatlanadi. U ISUZU dvigateli, Allison avtomatik uzatmalar qutisi, Italiyaning BRIST kompaniyasi ko‘priklari va Wabco tormoz tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, bu ishonchlilikni, yuqori ekspluatatsiya resursi va foydalanishning xavfsizligini ta’minlaydi. SAZ LF70 modeli kam mobil yo‘lovchilar uchun qulay “kneeling” tizimi bilan jihozlangan: bekatlarda yo‘lovchi chiqarish va tushirishda kuzov eshik tomonga egilib “o‘tiradi”.
Yo‘lovchi sig‘imi oshirilgan shahar past polli avtobusi (70 kishi, jumladan 26 ta o‘tirish joyi) BMT YIK xalqaro qoidalari talablariga muvofiq, shahar yo‘nalishlari uchun maxsus ishlab chiqilgan. Aynan shu sababli, tashlamalar darajasi va ekspluatatsiya sarflarining kamayishi uni yirik shaharlar avtotransport korxonalari uchun ideal tanlovga aylantiradi.
SAZ LF70 avtobusining texnik xarakteristikasi:
Gabaritlar: 9410 x 2550 x 3452 mm. Qatorlama o‘n olti silindrli ekologik “Yevro-5” toifasiga mansub dvigatel, ishchi hajmi – 7 790 kub sm, avtomatik olti bosqichli uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. CNG -1/ CNG -3 toifasidagi beshta ballonga quyiladigan tabiiy gaz hajmi, 200 bar bosimda, 725 litr yoki 145 kub/m, bu avtobusga bitta yoqilg‘i quyishda 300 km yurish imkonini beradi.
Prototip yuksak aniqlikda taqdim etilgan, bu mahsulotning potensial foydalanuvchilariga barcha asosiy funksiyalarning ishga layoqatliligini tekshirish imkonini beradi. Ko‘rgazma davomida SamAuto mutaxassislari, bozor talablari va buyurtmachilar istaklarini inobatga olgan holda, SAZ LF70 CNG prototipining modifikatsiyalari va opsiyalar to‘plamini muhokama qilish uchun, mijozlar va hamkorlar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan. SAZ LF70 avtobusining prototipi bilan bir vaqtda, kompaniyada SAZ LF70 EV elektrobusini ishlab chiqish davom etmoqda. Kompaniya transport operatorlari uchun maksimal samarali yechimlar yaratish maqsadida ekspluatatsiya qilishning barcha xususiyatlarini hisobga olishga intiladi.
SAZ LF70 CNG modelining seriyali ishlab chiqarilishi 2025 yil aprelga rejalashtirilgan. Jami, keyingi yilda gaz dvigatelli 70 ta avtobusi ishlab chiqarilishi mo‘ljallanmoqda.
Kompaniya vakillari qayd etishlaricha, bu SAZ oilasidagi ilk konstruktorlik ishlanmasi emas. 2012-yilda SAZ LE60 avtobusining ilk prototipi taqdim etilgandi. Interer dizayni va qo‘llanilgan agregatlarga ko‘ra, bu modellar o‘zaro o‘xshash, biroq xarakeristikalari sezilarli farq qiladi. SAZ LE60’da tejamkorlikka urg‘u berilgan bo‘lsa, SAZ LF70 tejamkorlik va yuqori ekologik tozalikni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Yangilangan SAZ HC45 avtobusi
Ko‘rgazma doirasida SamAuto stendida taqdim etilgan yana bir yangilik – imkoniyatlari cheklangan yo‘lovchilar ehtiyojlarini hisobga olib ishlab chiqilgan SAZ HC45 past polli avtobusi bo‘ldi.
Umumiy yo‘lovchi sig‘imi 36 kishi (15 ta o‘tirish joyi) bo‘lgan avtobus “Hammabop muhit” davlat manzilli dasturiga to‘liq mos keladi. Bazaviy komplektatsiyada, kam mobil yo‘lovchilarni chiqarish-tushirish uchun avtobus platforma (apparel) bilan jihozlangan.
Yo‘lovchi tashuvchilar uchun qo‘shimcha opsiyalar qatorida tutqichlar va nogironlar kreslosini mahkamlash uchun tizimlar bilan ta’minlangan alohida joy mavjudligini keltirish mumkin. Yo‘lovchilarga qulay bo‘lishi uchun bitta iqlim nazoratiga ega iqlim tizimi va ikki qavatli oyna o‘rnatilgan. Ixcham va tejamkor avtobus tabiiy gaz (CNG) da ishlaydi: CNG -1 toifasidagi ikkita ballondagi tabiiy gaz hajmi, 200 bar bosimda 300 litr yoki 60 kub/m bo‘lib, bu avtobusga bitta quyishda 270 km yurish imkonini beradi.
SamAuto’ning yaqin istiqboldagi rejalari
Samarqand avtomobil zavodi ekologik toza texnologiyalarga sarmoya kiritishni davom ettirib, bozorning o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun mahsulotlar assortimentini kengaytiradi. Chunonchi, yaqin istiqbolda SamAuto iste’molchilarga avtobuslarning barcha turlarini, jumladan, dizel, gaz va elektrodvigatelli modellarini taklif etadi. Bundan tashqari, o‘z rivojlanish strategiyasi doirasida, kompaniya eksportni oshirib, barqaror transport infratuzilmasini yaratish bo‘yicha xalqaro loyihalarda qatnashishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
10:00 / 30.11.2023
SamAuto pikaplar qatorini yangiladi: travel-kvest finali va ISUZU D-MAXʼning butunlay yangi avlodi taqdimoti
19:00 / 23.10.2023
SamAuto'dan D-MAX quest ishtirokchilari: «Endi hatto arzimagan sa’y-harakatlar ham dunyoni o‘zgartira olishiga amin bo‘ldik»
15:15 / 19.12.2022
UzAuto'ga subsidiya 3,5 barobarga oshadi
17:04 / 19.11.2020