UNRWA'ga taqiq: Guterrish Netanyahuga yozma norozilik bildirdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Isroil bosh vaziriga BMTning Yaqin Sharq agentligining Isroildagi falastinliklarga yordam berish faoliyatini taqiqlovchi yangi qonuniga norozilik bildirib, maktub yo‘lladi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish 29 oktyabr, seshanba kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) faoliyatini taqiqlovchi mamlakatning bir kun avval qabul qilingan yangi qonuniga norozilik bildirgan maktub yo‘lladi. «Men sizni va Isroil hukumatini potensial halokatli oqibatlarning oldini olishga va UNRWA'ga xalqaro huquq doirasidagi majburiyatlariga muvofiq bosib olingan Falastin hududlari, jumladan, Sharqiy Quddusdagi faoliyatini davom ettirishiga ruxsat berishga chaqiraman», — deya AFP Guterrishning maktubidan parchalardan iqtibos keltirgan.
Guterrishning ta’kidlashicha, «Isroil davlat sifatida» «aholining ehtiyojlarini qondirishni ta’minlash» uchun mas’ul bo‘lib qolishi kerak. «Agar Isroil buni uddalay olmasa, u BMTning ushbu maqsadlardagi faoliyatini, shu jumladan UNRWA faoliyatiga ruxsat berishga va yordam berishga majburdir», deb ta’kidlaydi BMT bosh kotibi Netanyahuga yo‘llagan maktubida.
Isroil G‘azo sektori aholisiga gumanitar yordam yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi bu tashkilotni uzoq vaqtdan beri tanqid qilib keladi. Yangi qonun 2023 yil 7 oktyabrda Hamasning Isroilga hujumida UNRWA'ning bir necha xodimlari ishtirok etgani haqidagi ma’lumotlar tufayli ishlab chiqilgan.
Isroilda 2025 yildan UNRWA faoliyati taqiqlandi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam agentligi (UNRWA) kelasi yili Isroil hududidagi «barcha faoliyatini» to‘xtatishi kerak. Isroil parlamenti 28 oktyabr kuni munozarali qonun loyihasini 92 ta ovoz bilan ma’qulladi, deb xabar berdi AP.
Dpa aniqlik kiritishicha, yangi qonunchilik UNRWA Falastin hududlarida o‘z faoliyatini davom ettira olmasligini anglatadi, chunki Isroil chegara o‘tish joylarini nazorat qiladi.
Mavzuga oid
12:30 / 29.10.2024
Isroilda 2025 yildan UNRWA faoliyati taqiqlandi
09:10 / 28.10.2024
Yetti davlat UNRWA'ning Isroilda taqiqlanishiga qarshi chiqdi
19:59 / 25.10.2024
Zelenskiy BMT bosh kotibini Kiyevda qabul qilishdan bosh tortdi
12:10 / 25.10.2024