Jahon | 13:30
1428
3 daqiqa o‘qiladi

Tramp Kamala Harrisning intervyusi uchun CBS'ni sudga berdi

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Kamala Harris bilan «60 daqiqa» ko‘rsatuvida bergan intervyusida G‘azo sektori haqidagi savol yuzasidan CBS telekanaliga qarshi sudga murojaat qildi.

Foto: Reuters

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp raqibi Kamala Harrisning «60 daqiqa» ko‘rsatuviga bergan intervyusi uchun CBS telekanalini sudga berdi. Bu haqda 31 oktyabr, payshanba kuni sud hujjatlariga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, AQSh sobiq prezidentining sudga murojaat qilishiga 6 oktyabr kuni dasturda Harris intervyusining o‘zgartirilgan versiyasi ko‘rsatilgani sabab bo‘lgan. 

Unda, Trampning iddao etishicha, Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzodning G‘azo sektoridagi urush haqidagi savoliga bergan asl javobi qisqartirilgan varianti bilan almashtirgan. Shu munosabat bilan respublikachi CBS'dan 10 milliard dollar tovon puli talab qilmoqda.

Tramp: Harris saylovda g‘alaba qozonsa, AQShni uchinchi jahon urushiga tortadi

Demokratik partiyadan nomzod Kamala Harris AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, mamlakatni uchinchi jahon urushiga tortadi.

Tegishli prognozni Oq uyning sobiq rahbari, Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp berdi.

Harrisni prezident qilish millionlab odamlar hayotini xavf ostiga qo‘yish demakdir, dedi AQSh sobiq prezidenti. «Harris, albatta, bizni uchinchi jahon urushiga tortadi, chunki u o‘z ishini to‘g‘ri bajarish uchun qobiliyatsiz», dedi siyosatchi.

AQSh matbuotiga ko‘ra, Pensilvaniyadagi mitingda nutq so‘zlagan Tramp, Harris Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinping kabi rahbarlar bilan «ishlash» uchun juda «qobiliyatsiz» ekanligini aytdi.

Oq uy sobiq rahbarining fikricha, dunyo hech qachon global urushga «bu qadar yaqin» bo‘lmagan. Tramp saylangan taqdirda bu urushdan qochish uchun bor kuchini ishga solishiga ishontirdi.

AQShda saylovlar 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Respublikachilar partiyasi Trampni o‘z nomzodi sifatida ko‘rsatdi, Kamala Harris esa demokratlar nomidan kurashmoqda.

Mavzuga oid