Fan-texnika | 17:36 / 04.11.2024
1035
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik olimlar “asab tizimi”ga ega dronlarni sinovdan o‘tkazmoqda

Bu tizim dronlarni bevosita havoda avtomatik tarzda tekshirishga imkon beradi, natijada ular texnik xizmat ko‘rsatish uchun bazaga tez-tez qaytishi shart bo‘lmaydi.

Foto: Sauthempton universiteti

Sauthempton universiteti mutaxassislari optik tolalardan iborat “asab tizimi” bilan jihozlangan dronni ishlab chiqdi. Innovatsion g‘oya dronga texnik xizmat ko‘rsatish chastotasini sezilarli darajada kamaytirish va uni osmonda uzoqroq ushlab turishga imkon beradi. Bu esa vaqt va resurslarni tejaydi.

Optoelektronika tadqiqot markazi yetakchi olimlari Kris Holms va Martinas Beresnaning tushuntirishicha, yangi tizim dronlarning “asab tizimi” qismini to‘liq egallaydi.

U real vaqt rejimida qurilmaning holati haqida barcha zarur ma’lumotlarni yuboradi, shu bilan birga elektr energiyasidan foydalanmaydi. O‘z navbatida, bu elektron tizimlarda paydo bo‘ladigan radiochastotalar bilan bog‘liq muammolardan xalos qiladi.

“Optik spektrlar tizimi asab tizimi signallari ta’sirida o‘ziga xos tasvirlar hosil qiladi, hissiy javoblarni vizual obrazlarga samarali o‘girib beradi. Shunday qilib, u uchuvchisiz uchar apparatga tushayotgan yuklamani kuzatib boradi va yerdagi boshqaruvchilarga texnikani tez-tez qo‘ndirmasdan turib, muammolarni dastlabki bosqichda aniqlashga yordam beradi”, — dedi Kris Xolms.

Dastlabki sinov natijalari texnologiya ko‘plab sohalarda dronlardan foydalanishni sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Sautgempton universiteti jamoasi ushbu ishlanmaning yanada ishonchliroq va iqtisodiy jihatdan samaradorroq bo‘lishiga umid qilmoqda.

Ayni vaqtda, PwC kompaniyasi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2030 yilga kelib iqtisodiyotning turli sohalarida dronlar sanoatining aylanmasi 45 milliard funt sterlingga yetishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid