O‘zbekistonda 55 ming gektar maydonga zararkunanda chigirtka tuxum qo‘ygani aniqlandi
Har yili zararkunanda mavjudotlar tufayli hosilning 35 foizgacha qismi nobud bo‘ladi. Shu sababli kuz mavsumida ekin maydonlari, bog‘ va tokzorlarda kuzgi «raskopka» ishlari o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda 278 ming 806 gektar maydonda monitoring olib borilib, 55 ming gektardan ortiq maydonda zararkunanda chigirtka tuxum qo‘ygani aniqlandi. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, har yili zararkunanda mavjudotlar tufayli hosilning 35 foizgacha qismi nobud bo‘ladi. Shu sababli kuz mavsumida ekin maydonlari, bog‘ va tokzorlarda olib boriladigan asosiy agrotexnik tadbirlardan biri kuzgi «raskopka» hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, kuzgi monitoring natijalari asosida 2025 yil uchun zararli chigirtkalar tarqalishi mumkin bo‘lgan hududlar aniqlanib, zarur bo‘lgan kimyoviy vositalar va yoqilg‘i-moylash materiallari zaxirasi shakllantiriladi.
2025 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararkunandalari, kasalliklar va begona o‘tlar keng maydonlarga tarqalib ketishining oldini olish va qishlovchi avlodlarni kamaytirish maqsadida dala chetlari, ariq-zovur atroflarini qurigan o‘simlik qoldiqlari va begona o‘tlardan tozalash ishlari belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
18:01 / 11.11.2024
«Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi
16:30 / 11.09.2024
“Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” - O‘zbekistonda qoramollarda yuqumli kasallik tarqalgani rad etildi
20:17 / 16.08.2024
Sholi yetishtiruvchilar faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi
21:34 / 21.06.2024