O‘zbekiston | 10:10
733
1 daqiqa o‘qiladi

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini identifikatsiya qilish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini identifikatsiya qilish tartibi tasdiqlandi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:

mahalliy ishlab chiqarish tovarlarini identifikatsiya qilish uchun ariza topshirish;

  • tovar mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganligini aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish;
  • mahalliy ishlab chiqarish tovarlariga sertifikat berish;
  • tizim to‘g‘riligini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
  • mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlari reyestrini yuritish.

Shu bilan birga, ishlab chiqarishda foydalaniladigan import materiallarning qiymat ulushi tovar qiymatining foizlardagi ulushi tovar tannarxining 70 foizidan oshmasa (mahalliylashtirish darajasi kamida 30 foiz bo‘lganda), u ham mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan deb tan olinadi.

Hujjat bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlari sertifikatlarini elektron kooperatsiya portaliga va "Milliy do‘kon" davlat xaridlari elektron tizimlari operatorlarining sahifalariga bosqichma-bosqich joylashtirish muddatlari tasdiqlangan.

Mavzuga oid