Jamiyat | 13:36
1143
1 daqiqa o‘qiladi
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
6 noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi «Bog‘iston» MFY hududidan o‘tuvchi gaz quvuriga Cobalt avtomashinasi borib urildi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida avariya holati sodir bo‘lgan.
Buning natijasida soat 11:00 dan «Bog‘iston» va «Gazarak» MFY hududidagi 700 ta aholi xonadoni va 3 ta ulgurji iste’molchining tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Avariya holati bartaraf etilishi bilan gaz ta’minoti qayta tiklanishi aytilgan.
Mavzuga oid
20:01 / 01.11.2024
O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev vafot etdi
11:50 / 01.11.2024
Yevropa gaz omborlari deyarli to‘liq to‘ldi
07:32 / 01.11.2024
Noyabrdan tabiiy gazning ijtimoiy norma miqdori oshiriladi
10:02 / 19.10.2024