Jahon | 22:15 / 07.11.2024
2532
2 daqiqa o‘qiladi

Peskov Harrisning so‘zlariga «Putin odamlarni yemaydi» deb javob qaytardi

Sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan AQSh prezidentlik debati chog‘ida Harris agar Donald Tramp g‘alaba qozonsa, Vladimir Putin uni «tushlikka yeyishini» aytgan edi.

Foto: Kommersant’

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh vitse-prezidenti Kamala Harrisning Rossiya prezidenti haqidagi bayonotlariga «Putin odamlarni yemaydi» degan so‘zlar bilan javob berdi.

Sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan AQSh prezidentlik debati chog‘ida Harris agar Donald Tramp g‘alaba qozonsa, Vladimir Putin uni «tushlikka yeyishini» aytgan edi.

«Putin odamlarni yemaydi», dedi Peskov jurnalistning Harris gaplariga izoh berish haqidagi iltimosiga javoban.

ABC News telekanali tomonidan 11 sentabr kuni o‘tkazilgan debat chog‘ida Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Harris raqibi Donald Trampni ayrim siyosatchilar, jumladan, Vladimir Putin bilan «do‘st» bo‘lgani uchun tanqid qildi.

«Sizni tushlikda yeb qo‘yadigan, diktator deb ataladigan odam bilan do‘stlik deb o‘ylagan narsangizdan qanchalik tez voz kechasiz», degan edi u debatda.

Harris shuningdek, agar prezident respublikachi bo‘lsa, «Putin hozir Kiyevda o‘tirgan bo‘lardi», dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp agar prezident bo‘lganida ikki yarim yillik janglar va Qo‘shma Shtatlar tomonidan «katta harbiy xarajatlar» qilinganidan keyin «Ukrainani tashlab qo‘ygan bo‘lardi».

Mavzuga oid