Jahon | 13:36
2954
1 daqiqa o‘qiladi

2024 yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi kutilyapti

Copernicus iqlim o‘zgarishi xizmati «global harorat rekordlari tarixidagi yangi bosqich» haqida e’lon qildi.

Foto: AP

Tarixdagi eng issiq yil 2024 yil bo‘ladi. Bu haqda Yevropaning Yerni masofadan zondlash xizmati Copernicus bayonot berdi.

Hisobotga ko‘ra, joriy yilning 10 oyida o‘rtacha global harorat 1991-2020 yillardagi ko‘rsatkichdan 0,71 darajaga yuqori bo‘lgan.

Oxirgi 12 oy davomida (2023 yil iyuldan 2024 yil iyungacha) global o‘rtacha harorat 1991-2020 yillardagi o‘rtacha haroratdan 0,76 darajaga yuqoriga bo‘lishi qayd etildi.

«Bu global harorat rekordlari tarixidagi yangi bosqichni anglatadi», dedi Copernicus direktori o‘rinbosari Samanta Berjyess.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaziyat Bokuda bo‘lib o‘tadigan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP29 konferensiyasi «ahamiyatini oshirish» uchun katalizator bo‘lishi kerak.

Mavzuga oid