Amerikalik musulmonlarning yarmidan ko‘pi Jill Staynga ovoz berdi
Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab saylov uchastkalariga kelgan musulmon amerikalik saylovchilarning 53 foizi Staynga ovoz berdi.
AQSh prezidentlik saylovlari bo‘yicha yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, amerikalik musulmonlarning yarmidan ko‘pi G‘azo sektoridagi siyosatiga norozilik bildirgan holda demokrat nomzod Kamala Harrisga emas, balki Yashillar partiyasi nomzodi Jill Staynga ovoz bergan.
AQShdagi eng yirik musulmon huquqlari tashkiloti Amerika-Islom munosabatlari kengashi (CAIR) 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida amerikalik musulmonlarning ovoz berishi natijalari bo‘yicha tadqiqotini e’lon qildi.
Mamlakat bo‘ylab saylov uchastkalariga borib ovoz bergan 1575 kishi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovga asoslangan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, amerikalik musulmonlar bu saylovda uchinchi nomzodga moyil bo‘lgan.
So‘rov natijalariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab saylov uchastkalarida amerikalik musulmonlarning 53 foizi Yashillar partiyasi nomzodiga ovoz bergan bo‘lsa, respublikachi Donald Tramp 21 foiz, demokrat Kamala Harris esa 20 foiz ovoz olgan.
Amerikalik musulmonlar soni eng ko‘p bo‘lgan Michigan shtatida bu yerdagi amerikalik musulmon saylovchilarning 59 foizi Staynga, 22 foizi Trampga va atigi 14 foizi Harrisga ovoz bergan.
2020 yilgi prezidentlik saylovlarida Michigandagi amerikalik musulmonlar demokrat Jo Baydenni qo‘llab-quvvatladi. 2024 yilgi saylov ma’lumotlari G‘azodagi voqealar munosabati bilan Bayden-Harris ma’muriyatining «jazosi» sifatida talqin qilinmoqda.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024