Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
Sinoptiklar 11-13 noyabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 noyabrda kechasi +0...+5, kunduzi +10...+15, 12 noyabrda kechasi +0...+5, kunduzi +7...+12, 13 noyabrda kechasi +0...+5, ba’zi joylarda -2, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi 13 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 noyabrda kechasi +0...+5, kunduzi +10...+15, 12 noyabrda kechasi +2...+7, kunduzi +10...+15, 13 noyabrda kechasi +2...+7, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi 13 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 noyabrda kechasi +0...+5, kunduzi +10...+15, 12 noyabrda kechasi +2...+7, kunduzi +10...+15, 13 noyabrda kechasi +2...+7, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi 13 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 noyabrda kechasi +2...+7, kunduzi +12...+17, 12 noyabrda kechasi +4...+9, kunduzi +14...+19, 13 noyabrda kechasi +4...+9, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi 13 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 noyabrda kechasi +0...+5, kunduzi +10...+15, 12 noyabrda kechasi +2...+7, kunduzi +10...+15, 13 noyabrda kechasi +2...+7, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi 13 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-12 noyabrda kechasi -2...+3, kunduzi +3...+8, 13 noyabrda kechasi va kunduzi -2...+3 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:27
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024