Iqtisodiyot | 11:40 / 10.11.2024
4038
5 daqiqa o‘qiladi

Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi keskin oshdi - xalqaro moliya bozori sharhi

AQShdagi prezidentlik saylovlari fonida asosiy qimmatbaho metallarning aksariyati arzonlashdi. Trampning hokimiyatga kelishidan eng katta «mukofot»ni Mask oldi. Uning boyligi 30 milliard dollarga ko‘paydi. Tesla kapitalizatsiyasi ham 1 trillion dollardan oshdi.

Foto: Akos Stiller/Bloomberg

Noyabr oyining birinchi haftasi muhim voqealarga boy bo‘ldi. Xususan, AQShda prezidentlik saylovi natijalari e’lon qilindi va Federal zaxira tizimi (FZT) foiz stavkasini pasaytirdi.

Payshanba kuni e’lon qilingan asosiy stavkaning 0,25 foizga tushirilgani haqidagi qaror bozor kutilmalarini tasdiqlab, barqarorlikni saqlab qolishga yordam berdi.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 4 noyabrdan 8 noyabrgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.  

AQSh top fond bozorlari indeksi:

  • S&P500 – 5995 (hafta boshidan +4,66 foiz, yil boshidan +25,7 foiz);
  • NASDAQ – 19286 (hafta boshidan +5,74 foiz, yil boshidan +28,48 foiz);
  • DJI – 42052 (hafta boshidan +4,61 foiz, yil boshidan +16,71 foiz).

AQSh fond indekslari prezidentlik saylovlari natijasida kuchli ralli qayd etdilar. NASDAQ, Dow Jones va S&P500 indekslari mos ravishda 1047 punkt, 1936 punkt va 267 punktga ko‘tarildi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

  • Oltin – 2684 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -1,89 foiz, yil boshidan +30,12 foiz;
  • Kumush – 31,3 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -3,53 foiz, yil boshidan +31,62 foiz.
  • Alyuminiy – tonnasi 2627 dollar (hafta boshidan +1,02 foiz; yil boshidan +10,02 foiz);
  • Mis – 4,29 dollar (hafta boshidan -0,68 foiz; yil boshidan +11,45 foiz).

Qimmatbaho metallar ham prezidentlik saylovi natijalari e’lon qilinishi fonida tebranuvchanlikka yuz tutdi. Oltin, kumush va mis hafta davomida mos ravishda 51,77 dollar, 1,15 dollar, 0,03 dollarga arzonlashdi. Faqatgina alyuminiy 26,55 dollarga o‘sdi.

Neft

  • WTI – 70,38 dollar (hafta boshidan +1,57 foiz, yil boshidan -1,28 foiz);
  • BRENT – 73,97 dollar (hafta boshidan +1,54 foiz, yil boshidan -4,02 foiz).

Hafta davomida neftning WTI markasi 1,09 dollarga, BRENT esa 1,12 dollarga qimmatlashdi.

Valutalar

  • USD/EUR: -1,07 foiz (yil boshidan -2,89 foiz);
  • CNY/USD: +0,80 foiz (yil boshidan +1,14 foiz);
  • TRY/USD: +0,16 foiz (yil boshidan +16,57 foiz);
  • UZS/USD: +0,04 foiz (yil boshidan +4,07 foiz);
  • RUB/USD: -0,53 foiz (yil boshidan +9,22 foiz).

Dollar indeksi prezidentlik saylovlari natijasida sezilarli ko‘tarildi. Hafta davomida yevro, yuan, lira va so‘m mos ravishda 1,07 foiz, 0,8 foiz, 0,16 foiz va 0,04 foizga qadrsizlandi, rubl esa 0,53 foizga mustahkamlandi.

Kriptovaluta

  • Bitcoin – 76470 dollar (hafta boshidan +10,97 foiz, yil boshidan +80,31 foiz);
  • Ethereum – 2963 dollar (hafta boshidan +20,61 foiz, yil boshidan +20,79 foiz).

Asosiy kriptolar ham saylov fonida keskin ko‘tarilishni qayd etdi. Bitcoin va Ethereum hafta mobaynida mos ravishda 10,9 va 10,6 foizga qimmatlashdi.

Bozorlar haqida qisqacha

Moliya bozorlari haqida alohida gapiradigan bo‘lsak, joriy yilning navbatdagi choraklik natijalari e’lon qilinayotgan bir paytda biznesmen Donald Tramp ikkinchi marotaba prezidentlikka saylanishi Wall-Street’ni xursand qildi va AQSh fond bozoriga «Trampforiya» deb nomlangan yangi rallini taqdim etdi. Xususan, uning g‘alabasi Ilon Maskka eng katta «mukofot»ni taqdim etdi va bir hafta ichida Maskning boyligi 20-30 milliard dollarga ko‘paydi. Milliarderning jami boyligi esa ilk marta 300 milliardlik chiziqni kesib o‘tdi. Shuningdek, Tesla kapitalizatsiyasi ham 1 trillion dollardan oshdi.

Trampning g‘alabasi moliya bozorida ayrim savollarni ham keltirib chiqardi. Ularning eng muhimi mamlakat iqtisodiyotini sog‘lomlashtirish uchun mehnat qilayotgan FZT raisi Jyerom Povelnning kelgusi taqdiri bilan bog‘liq. Eslatib o‘tish lozimki, avvalroq Tramp Povelning qarorlari va siyosatidan noroziligini aytgan va Oq uyga qaytishi bilan uni lavozimidan iste’foga chiqarish bilan tahdid qilgandi. Biroq, Povel, saylov monetar siyosatga yaqin kelajakda ta’sir etmasligini ta’kidlab o‘tdi.

Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 4 noyabrdan 8 noyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.  

Mavzuga oid