Shell CO2 chiqarishni kamaytirish bo‘yicha sud qarori ustidan kiritgan apellyatsiyani yutib chiqdi
Haaga sudiga ko‘ra, mazkur neft va gaz kompaniyasi xalqaro iqlim himoyasiga o‘z hissasini qo‘shishi kerak, ammo u chiqarilayotgan zararli gazni aynan «45 foiz yoki boshqa qanchadir foizga qisqartirishga majbur emas».
Haagadagi apellyatsiya sudi iqlim o‘zgarishi tufayli karbonat angidrid gazi chiqishi qisqarishini tezlashtirish bo‘yicha Shell kompaniyasiga nisbatan okrug sudi tomonidan chiqarilgan qarorni bekor qildi.
Sud qaroriga ko‘ra, Shell xalqaro iqlim himoyasiga o‘z hissasini qo‘shishi kerak, ammo kompaniya chiqarilayotgan zararli gazni aynan «45 foiz yoki boshqa qanchadir foizga qisqartirishga majbur emas».
«Ayni vaqtda iqlimshunoslikda Shell kabi ahlohida kompaniyalar rioya qilishi kerak bo‘lgan aniq qisqartirish foizlari borasida yetarlicha bitimlar yo‘q», — deyiladi apellyatsiya instansiyasi qarorida.
Sud, shuningdek, Shell’ning istalgan bitta kompaniyaga qarshi chiqarilgan qaror samarasiz bo‘lishi, chunki boshqa yetkazib beruvchilar yonilg‘i o‘rnini «qoplashi» borasidagi dalilini qo‘llab-quvvatladi. Shu bilan birga, sud neft va gaz kompaniyasi zimmasiga «karbonat angidrid chiqarishni cheklash» majburiyatini yukladi.
2021 yil may oyida Haaga okrug sudi 2030 yilga borib Shell atmosferaga karbonat angidrid gazi chiqarishni 2019 yilga nisbatan 45 foizga qisqartirishi kerakligi haqida qaror chiqargandi. Kompaniyaga qarshi da’vo Niderlandiyadagi Friends of the Earth International bo‘linmasi boshchiligidagi yettita ekologik tashkilot tomonidan kiritilgan.
Shell sudning ushbu qaroriga nisbatan apellyatsiya berib, korporativ chiqindilar — bu sud orqali emas, balki siyosiy masala ekanini ta’kidladi. «Sudning qaroridan mamnunmiz, biz buni global energiyaga o‘tish, Niderlandiya va kompaniyamiz uchun to‘g‘ri deb hisoblaymiz», — deydi Shell bosh direktori Vael Savan.
Mavzuga oid
01:19 / 05.10.2024
Buyuk Britaniya karbonat angidridni saqlaydigan maydonchalarni yaratishga salkam 30 mlrd dollar ajratadi
11:20 / 29.06.2024
Haaga sudi Netanyahu va Galantni hibsga olish uchun order berishni kechiktirdi
17:18 / 20.05.2024
Haaga sudi prokurori Netanyahu va Hamas yetakchilarini hibsga olishni so‘radi
16:29 / 29.04.2024