Jahon | 14:26 / 13.11.2024
821
2 daqiqa o‘qiladi

BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda

BMT xalqaro sudi Armaniston va Ozarboyjonning Qorabog‘dagi mojaro tufayli bir-biriga qarshi da’volarini ko‘rib chiqish huquqiga ega ekanligini belgiladi.

Foto: Ankor Light/ Shutterstock/ FOTODOM

BMT xalqaro sudi Armaniston va Ozarboyjonning Qorabog‘dagi mojaro yuzasidan bir-biriga qarshi qo‘ygan da’volarini qabul qilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda 12 noyabr, seshanba kuni sudning rasmiy saytida e’lon qilingan qarorda aytiladi. Ozarboyjonning Armanistonga qarshi da’vosida sud arman tomonining uchta e’tirozidan ikkitasini ma’qulladi. Ozarboyjon tomonining barcha dastlabki e’tirozlari rad etildi.

Yerevan o‘z da’vosida Bokuni Qorabog‘dagi irqiy kamsitishlarga qarshi xalqaro konvensiyani buzganlikda ayblaydi. Ozarboyjon Armanistonga ham xuddi shunday da’vo bilan chiqdi.

Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida tinchlik muzokaralari

Davom etayotgan huquqiy kurashlarga qaramay, Armaniston va Ozarboyjon uzoq vaqtdan beri tinchlik muzokaralarini olib bormoqda. Shu tariqa, 2024 yil sentabr oxirida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida uning mamlakati Ozarboyjon bilan tinchlik shartnomasini tuzish uchun Konstitutsiyani o‘zgartirishga tayyorligini ma’lum qildi.

O‘z navbatida, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 10 noyabr kuni Germaniya kansleri Olaf Shols bilan suhbatda Boku va Yerevan tinchlik shartnomasi matni bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishishga yaqin ekanini aytdi.

Mavzuga oid