Sport | 13:21 / 13.11.2024
1770
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ligasining «Makkabi» - «Beshiktosh» uchrashuvi Vengriyaga ko‘chirildi

Amsterdamdagi tartibsizliklar fonida Isroilning «Makkabi» va Turkiyaning «Beshiktosh» jamoalari Debretsenda bo‘sh tribunalar qarshisida o‘ynaydi.

Foto: picture alliance / dpa

28 noyabr kuni Turkiyada bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Yevropa Ligasi doirasidagi «Makkabi Tel-Aviv» – «Beshiktosh Istanbul» uchrashuvi Vengriyadagi neytral maydonga ko‘chirildi. Bu haqda 11 noyabr, dushanba kuni Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UYeFA) ma’lum qildi.

UYeFA bayonotida aytilishicha, «Beshiktosh»ning uy stadionida o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuv Debretsendagi Nagerdei stadionida bo‘lib o‘tadi. Mahalliy hokimiyat qarori bilan u bo‘sh tribunalarda o‘tkaziladi.

Turk klubi Vengriya o‘z hududida o‘yinni o‘tkazishga rozi bo‘lgan yagona davlat ekanligini tushuntirdi. «O‘yinni muxlislar ishtirokida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgan bo‘lsa-da, Vengriya mahalliy hukumati «Ayaks» va «Makkabi» o‘rtasidagi o‘yindagi voqealarni hisobga olib, uni tomoshabinlarsiz o‘tkazishga qaror qildi», — deyiladi «Beshiktosh»ning X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida.

Turk klubi o‘z muxlislarini ushbu o‘yinga safar qilishni rejalashtirmaslikka chaqirdi.

Mavzuga oid