O‘zbekiston | 19:31 / 14.11.2024
2884
1 daqiqa o‘qiladi

Aeroportga ishga joylashtirish evaziga 1,5 ming dollar olgan xodim ushlandi

Aeroport xodimi fuqarolarni ishga joylashtirishini aytib, 1,5 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushgan.

Toshkent viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda firibgarlik holati fosh etildi

Aeroport xodimi R.M. fuqarolarni ishga joylashtirishini aytib, 1,5 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushgan.

Ayni paytda gumonlanuvchi qamoqqa olinib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid