Qonuniy tashqi reklama konstruksiyasi noqonuniy buzilganda biznes-ombudsmanga xabar berish mumkin
Tadbirkorlarning qonun talablariga mos o‘rnatilgan tashqi reklama obektlari noqonuniy buzilsa, 1100 qisqa raqami orqali biznes ombudsmanga murojaat qilishga chaqirildi.
Toshkentda tashqi reklama obektlarini demontaj qilish boshlandi. Hokimlik xodimlari shahardagi noqonuniy bannerlar va reklama konstruksiyalarini olib tashlamoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (biznes-ombudsman) talabga mos reklamalar noqonuniy buzilgan holatlarda bu haqda xabar berishga chaqirdi.
Tashqi reklama obektlarini o‘rnatish tartibi «Reklama to‘g‘risida»gi qonun, Vazirlar Mahkamasining 2020 yildagi «Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida»gi 104-sonli qarori va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan.
Hozirda demontaj ishlari 25 oktyabr kuni qabul qilingan tashqi reklama obektlarining dizayn-kodi munosabati bilan amalga oshirilmoqda.
Agarda tadbirkorlarning qonun talablariga muvofiq o‘rnatilgan tashqi reklama obektlari noqonuniy buzilayotgan holatlar mavjud bo‘lsa, 1100 qisqa raqami orqali biznes-ombudsmanga xabar berish mumkin.
Mavzuga oid
12:28 / 11.11.2024
Toshkentda noqonuniy tashqi reklamalarni olib tashlash bo‘yicha reyd o‘tkazildi
16:06 / 08.11.2024
“Biologik faol qo‘shimchalar reklamalarida 328 ta qonunga zid holat aniqlandi” – Raqobatqo‘m
21:02 / 05.11.2024
Xalq tabobati sohasidagi noqonuniy faoliyatga cheklovlar joriy qilindi
17:06 / 14.09.2024