Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun imzolandi
Qonunda bolaga nisbatan zo‘ravonlik tushunchasi va jismoniy, jinsiy va ruhiy zo‘ravonlikdan tashqari uning yangi shakllari - g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya, bulling kabilar ham e’tirof etilgan.
«Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun 14 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.
Qonunda bolaga nisbatan zo‘ravonlik tushunchasi va jismoniy, jinsiy va ruhiy zo‘ravonlikdan tashqari uning yangi shakllari — g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya, bulling kabilar ham e’tirof etilgan.
Shuningdek, davlat bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish uchun tegishli huquqiy, ma’muriy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa choralarni ko‘rishi, zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni reabilitatsiya qilishi va ularning huquqlarini tiklashi hamda ularni ijtimoiy moslashtirish uchun zarur bo‘lgan samarali choralar ko‘rishi belgilangan.
Mutasaddi organlarning bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid maxsus vakolatlari, o‘zaro ishlash mexanizmi va mas’uliyati doirasi ko‘zda tutilgan.
Qonunning 13-moddasiga ko‘ra, Ichki ishlar organlari bolaga nisbatan zo‘ravonlik va g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslikka yo‘l qo‘ygan ota-onalar to‘g‘risidagi axborotni vakolatli davlat organiga yuboradi. Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi, ularni tahlil qiladi. Bundan tashqari, vakolatli davlat organiga bolaning hayotiga yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘ilgan hollarda bolani ota-onasidan (ularning biridan) olib qo‘yishda ko‘maklashadi.
Qonun 2025 yil 15 may kuni kuchga kiradi.
Mavzuga oid
18:43 / 15.11.2024
Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi beriladi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
22:39 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlangan – Bosh prokuratura
12:03 / 13.11.2024