Jahon | 00:32
420
2 daqiqa o‘qiladi

Xavfli nafas olish apparatlari tufayli Philipsʼga qarshi kollektiv da’vo kiritildi

Da’vo arizasi kompaniya uch yil oldin chaqirib olgan nafas olish apparatlaridagi jiddiy muammolar bilan bog‘liq.

Foto: Bild

Germaniyaning 20 mingga yaqin fuqarosi Yevropadagi Philips Respironics kompaniyasiga qarshi kollektiv da’vo kiritdi. Da’vo arizasi kompaniya uch yil oldin chaqirib olgan nafas olish apparatlaridagi jiddiy muammolar bilan bog‘liq, deb xabar beradi Bild.

Qayd etilishicha, apparatlarning chaqirib olinishiga unda nuqsonli material aniqlangani sabab bo‘lgan. Material undan foydalanganlarning nafas yo‘llariga o‘tib, zarar yetkazgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ayrim qurilmalarda potensial xavfli kimyoviy vositalar aniqlangan.

NDR ma’lumotlariga ko‘ra, muammo Yevropadagi 1,2 millionga yaqin insonga taalluqli bo‘lib, apparatlarning chaqirib olinishi tibbiy uskunalar tarixidagi eng yirik voqealardan biri hisoblanadi.

Kollektiv da’voni Italiyaning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tashkiloti ilgari surmoqda. Agar shikoyatchilar sudda yutib chiqsa, apparatdan foydalangan fuqarolar yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya olishlari mumkin bo‘ladi.

Philipsʼdagilar o‘tkazilgan testlar davomida bemorlar salomatligiga jiddiy zarar yetkazish holatlari aniqlanmaganini ta’kidladi.

Mavzuga oid