Jamiyat | 09:14
1493
1 daqiqa o‘qiladi

1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan oshxona fosh etildi

Energiya resurslarini talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi “Ch.Z.” oilaviy korxonasi ish boshqaruvchisi oshxonani elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulab, jami 1 mlrd 523 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov davomida yetkazilgan zarardan 550 mln so‘mini qoplanishi ta’minlandi.

Mavzuga oid