Nuriddin Ismoilov Qonunchilik palatasi cpikeri etib saylandi
Toshkent shahrida yangi chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy majlisi boshlandi.
Parlament quyi palatasining birinchi majlisini qonunga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasining raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ochib berdi.
Qonunchilik palatasi birinchi majlisining muvaqqat kotibiyati, sanoq komissiyasi hamda ovozlarni hisoblash elektron tizimidan foydalanishni nazorat qiluvchi muvaqqat guruh saylab olinganidan so‘ng, deputatlar Qonunchilik palatasi birinchi majlisining kun tartibini tasdiqladi.
Majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, quyi palata a’zolari Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod ko‘rsatish uchun deputatlar orasidan Siyosiy partiyalar vakillari kengashini tuzdi.
Qisqa tanaffusdan so‘ng, Siyosiy partiyalar vakillari kengashining taklifiga binoan, deputatlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan O‘zXDPdan saylangan Nuriddin Ismoilovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining spikeri etib sayladi.
Mavzuga oid
14:59
Shavkat Mirziyoyev qaysi masalalarda yangi qonunlar kerak bo‘layotganini sanab o‘tdi
14:37
Budjet xarajatlari ustidan parlament nazorati deyarli sezilmayapti - prezident
14:12
Shavkat Mirziyoyev: Parlamentda muxolifatni jonlantirish zarur
12:00