O‘zbekiston | 18:30
6730
2 daqiqa o‘qiladi

Qonunchilik palatasi qo‘mitalariga raislar saylandi

18 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi ilk yalpi majlisida palata qo‘mitalarining raislari ham saylandi.

Quyi palatadagi 12 ta qo‘mita o‘rnida 10 ta yangilangan qo‘mita tuzildi. Qo‘mitalar va ularning raislari quyidagilar bo‘ldi:

Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi — Ravshan Ma’mutov;

Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi — Sharofiddin Nazarov;

Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi — Gulruh A’zamova

Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi — Ilhom Abdullayev;

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi — Jahongir Shirinov;

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi — Bobur Bekmurodov;

Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi — Nodir Jumayev;

Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi — Ulug‘bek Shermatov;

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi — Xayrullo G‘afforov;

Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi — rais lavozimi hozirda vakant.

Majlisda so‘zga chiqqan prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat budjeti ijrosini nazorat qilishda parlament qo‘mitalari rolini oshirish muhimligini ta’kidladi.

Avval xabar berilganidek, quyi palataga 2015 yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Nuriddin Ismoilov (XDPdan saylangan) spiker lavozimiga qayta saylandi.

Shuningdek, spiker o‘rinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartirilib, bu lavozimga O‘zLiDePdan saylangan deputatlar Mavluda Xo‘jayeva va Rahim Hakimov saylandi.

Mavzuga oid