Ispaniya har yili 300 ming migrantni qonuniylashtirish niyatida
Mamlakat demografik muammolarga duch kelmoqda, xususan, mehnatga yaroqli aholi soni kamayib boryapti.
Ispaniya hukumati aholining qarishi sababli mamlakatdagi ishchi kuchi tanqisligini to‘ldirish uchun yiliga 300 ming nafargacha migrantni qonuniylashtirish niyatida, dedi mamlakat ijtimoiy xavfsizlik va migratsiya vaziri Elma Sais. Bu haqda Economic Times xabar berdi.
«Ispaniyada ochiq, gullab-yashnagan mamlakat yoki yopiq, qashshoq mamlakat bo‘lish tanlovi bor. Biz birinchisini tanladik», dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar bilan bog‘liq siyosat uch yil davom etadi. Uning aniqlik kiritishicha, Ispaniya farovonlikni saqlab qolish uchun yiliga 250-300 ming xorijiy ishchiga muhtoj.
Hukumat tomonidan yangi chora-tadbirlar migrantlarga yashash va ishlash uchun ruxsatnomalar berish tartib-taomillarini soddalashtirishni nazarda tutadi, bu esa chet ellik ishchilarga kafolatlangan mehnat huquqini olishga yordam beradi. Bundan tashqari, ish izlayotgan migrantlarning vizasini 3 oydan 12 oygacha uzaytirish mumkin bo‘ladi. O‘qish vizasiga ega xorijliklarga haftasiga 30 soatgacha ishlashga ruxsat beriladi.
Qariyb 50 million aholiga ega Ispaniya Yevropa Ittifoqida eng tez o‘sayotgan iqtisodiyotga ega. Bu tendensiyaga Lotin Amerikasi davlatlaridan malakali migrantlar oqimi ham yordam bermoqda. Qayd qilinishicha, 2022 yilda Ispaniyaga birdaniga oldingi o‘n yillikdagidan ko‘proq migrant kelgan.
Mavzuga oid
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
18:08 / 18.11.2024
Rossiya Davlat Dumasi hukumatdan migratsiya parametrlarini belgilashni so‘radi
17:29 / 18.11.2024
Rossiyaning yana bir hududida migrantlar mehnatiga cheklov o‘rnatildi
18:18 / 16.11.2024