Jamiyat | 11:48 / 02.12.2024
1776
1 daqiqa o‘qiladi

660 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida fuqaro X.K. “Mehrjon” MFYda joylashgan novvoyxonasida yerosti o‘tuvchi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan. 

“O‘zenergoinspeksiya” xabar berishicha, natijada novvoyxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasiga 660 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mavzuga oid