Yermak Baydenning yordamchisi bilan Kiyev pozitsiyalarini mustahkamlashni muhokama qildi
Andrey Yermak va Jyeyk Sallivan Vashingtonda Kiyevning Rossiya Federatsiyasi bilan urushdagi pozitsiyasini mustahkamlash masalalarini muhokama qildi, deb xabar berdi Oq uy. Ukraina delegatsiyasi Tramp jamoasi bilan ham uchrashdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy devoni rahbari Andrey Yermak va AQSh yetakchisining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jyeyk Sallivan Vashingtonda Kiyevning Rossiya Federatsiyasi bilan urushdagi pozitsiyasini mustahkamlash va uning kelajakdagi har qanday muzokaralarga kuchli pozitsiyadan kirishishini ta’minlash masalalarini muhokama qildi. Bu haqda 5 dekabr, payshanba kuni Oq uy vakiliga tayanib, Reuters xabar berdi.
Tramp jamoasi bilan uchrashuvlar
Yermak boshchiligidagi Ukraina delegatsiyasi AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga nomzod Mayk Uolts hamda Rossiya va Ukraina bo‘yicha maxsus elchi lavozimiga nomzod Kit Kellog bilan ham uchrashdi.
The Wall Street Journal (WSJ) xabariga ko‘ra, Yermak vitse-prezident etib saylangan Jyeyms Devid Vens bilan, Floridada esa Tramp davrida Oq uy xodimlarini boshqaradigan Syuzi Uaylz bilan suhbatlashgan.
WSJ manbalariga ko‘ra, Yermak Vashingtonga Tramp yordamchilari bilan munosabatlarni yaxshilash maqsadida tashrif buyurmoqda. WSJ yozganidek, Ukraina «tinchlikka tayyorligini bildirishni rejalashtirmoqda». «Ammo bu barqaror tinchlik bo‘lishi kerak, beqaror, vaqtinchalik tinchlik AQSh yoki Ukraina manfaatlariga mos kelmaydi», dedi Kiyevning rejalari bilan tanish bo‘lgan nashr suhbatdoshi.
Mavzuga oid
18:04 / 02.12.2024
Suriyadagi voqealar Rossiya va Eronning susayganini anglatadi – AQSh
10:15 / 30.08.2024
Baydenning yordamchisi Si Jinping bilan Rossiyaning Ukrainadagi urushini muhokama qildi
12:00 / 21.03.2024
Baydenning maslahatchisi Kiyevda ukrainaliklarni «AQShga ishonishga» chaqirdi
21:13 / 06.12.2023