Nobel laureatlari kichik Robert Kennedining AQSh SSV rahbari etib tayinlanishiga qarshi chiqdi
Olimlarning ta’kidlashicha, Donald Tramp nomzodini ilgari surgan kichik Kennedi tibbiyot, ilm-fan yoki boshqaruv sohasida na tarjibaga va na malakaga ega.
O‘nlab olimlar va Nobel mukofoti laureatlari AQSh Senatini kichik Robert Kennedining sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari lavozimiga tayinlanishiga qarshi ovoz berishga chaqirdi. Kimyo, iqtisod, tibbiyot va fizika bo‘yicha 77 nafar Nobel laureati tomonidan imzolangan ochiq xatni The New York Times gazetasi e’lon qildi.
Murojaatda qayd etilishicha, AQShning yangi prezidenti Donald Tramp nomzodini ilgari surgan kichik Kennedi tibbiyot, ilm-fan yoki boshqaruv sohasida na tarjibaga va na malakaga ega.
Olimlar Kennedi AQShda vaksinatsiyaga qarshi bo‘lgan, ichimlik suvni ftorlash usullarini tanqid qiladigan, shuningdek, OITS va boshqa kasalliklarni davolashning muvaffaqiyatli usullariga oid fitna nazariyalarini tarqatib keladigan eng mashhur insonlardan biri ekanini eslatib o‘tgan.
Maktub mualliflarining hisoblashicha, Kennedining tayinlanishi sog‘liqni saqlash tizimini xavf ostiga qo‘yadi va Amerikaning ilmiy tadqiqotlar sohasidagi global yetakchiligiga putur yetkazadi.
Kichik Robert Kennedi — AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining jiyanidir. 2023 yil oktyabrda u AQSh prezidentligi saylovlarida mustaqil nomzod sifatida ishtirok etishga qaror qilgandi, ammo joriy yilning avgustida o‘zining saylovoldi kampaniyasini to‘xtatib, Donald Trampni qo‘llab-quvvatlagan edi.
Saylovlardagi g‘alabadan keyin Tramp Kennedini Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari lavozimiga ilgari surib, u «surunkali kasalliklar epidemiyasiga barham berishga va Amerikani yana buyuk hamda sog‘lom qilishga» qodir ekanini ma’lum qilgandi. Kennedining nomzodini Senat tasdiqlashi kerak. Demokratik partiya vakillari allaqachon uning tayinlanishiga qarshi chiqish qilgan.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024