Aholini ko‘mir bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘ni talon-toroj qilgan shaxs ushlandi
Muborak tumanida MChJ rahbari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, DXSh bitimiga asosan kuz-qish mavsumida aholini ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida ajratilgan mablag‘larning 514,8 mln so‘mini boshqa maqsadlarga sarflab yuborgan.
Qashqadaryo viloyatida ko‘mir ta’minoti uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilgan MChJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Muborak tumanida “B.F.” MChJ rahbari A.E. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, DXSh bitimiga asosan kuz-qish mavsumida aholini ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida ajratilgan mablag‘larning 514,8 mln so‘mini boshqa maqsadlarga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
21:54 / 23.12.2024
Mo‘g‘uliston havo ifloslanishini kamaytirish uchun «ko‘k ko‘mir» ishlab chiqaradi
22:36 / 20.12.2024
Qashqadaryoda isitish tizimidagi ta’mirlashda salkam 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan MChJ aniqlandi
19:59 / 17.12.2024
Qoraqalpog‘istonda 1 mlrd so‘mlik ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlandi
08:00 / 05.12.2024