Xitoy TIV: Pekin koronavirusga oid ma’lumotlarni cheklovlarsiz taqdim etib kelgan
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi mamlakat COVID-19 ga oid ma’lumotlarni JSST va dunyo hamjamiyatiga hech bir cheklovsiz taqdim etib kelganini ma’lum qildi. Bu kabi bayonot AQShning koronavirus Uxan laboratoriyasida yaratilgani aytilgan hisoboti fonida yangramoqda.
Xitoy hukumati COVID-19 ga oid ma’lumotlarni sheriklariga topshirishga hech qachon biror-bir cheklov qo‘ymagan. Bu haqda XXR Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi Reuters.
«Besh yil oldin Xitoy JSST va dunyo hamjamiyatiga epidemiya, virusning genetik xususiyatlariga oid ma’lumotlarni zudlik bilan taqdim etishni boshladi. Profilaktika choralari, vaziyatni kuzatish va davolash usullari bo‘yicha tajribamiz bilan cheklovlarsiz o‘rtoqlashdik», — deydi Xitoy TIV vakili Mao Nin.
Uning bayonoti JSST Pekinni COVID-19 bo‘yicha ko‘proq ma’lumotlarni taqdim etish va pandemiyaning kelib chiqishini yanada yaxshiroq tushunish uchun muhim obektlarga kirishga ruxsat berish borasidagi chaqirig‘idan keyin yangradi.
Dekabr oyi boshida AQSh hukumati koronavirus tarqalishining sabablari bo‘yicha ikki yillik tekshiruvlarga bag‘ishlangan hisobot e’lon qilgandi. Unda COVID-19 katta ehtimol bilan Uhan laboratoriyasida paydo bo‘lgani aytilgan. Hujjat mualliflarining ta’kidlashicha, virusda tabiatda uchramaydigan xususiyatlar aniqlangan.
Bunga javoban Jyengli Uhan laboratoriyasi pandemiyaga olib kelgan SARS-CoV-2 ni o‘rganish bilan shug‘ullanmaganini aytdi. Uhan virusologiya instituti vakili Xitoy janubidagi ko‘rshapalaklardan olingan o‘nlab yangi koronavirus turlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Institut muzlatkichlarida saqlanayotgan viruslarning hech biri COVID-19 ning so‘nggi ajdodlari qatoriga kirmaydi.
Mavzuga oid
23:50 / 03.01.2025
Xitoyda birinchi havo elektrokari namoyish etildi
20:51 / 03.01.2025
Xitoy janubdagi daryolarini shimolga burish loyihasini amalga oshirmoqda
18:32 / 03.01.2025
AQSh Xitoydan olib kelinadigan dronlarni butunlay taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
18:08 / 03.01.2025