7 yanvar kuni qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
O‘zgidromet 7 yanvar, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 10–12 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –1...–3, kunduzi +6...+8 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda 20–23 metr/soniyagacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 0...–5, kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda 20–23 metr/soniyagacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 0...–5, kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda 20–23 metr/soniyagacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 0...–5, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda 20–23 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +1...+6, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...+2, kunduzi +4...+9 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti–vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi. Harorat kechasi –2...–7, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.