Eronda 2024 yilda qariyb ming kishi qatl etildi
Huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, oliy jazoga hukm etilganlar soni aslida bundan ko‘p, chunki qatl jarayonlarining barchasi ham ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Eronda 2024 yilda rekord darajada — 997 mahbus qatl etildi. Bu haqda mamlakat muxolifati ma’lumotlariga tayanib, Bild xabar berdi.
Huquq himoyachilarining hisoblashicha, oliy jazoga hukm etilganlar soni aslida bundan ko‘p, chunki qatl jarayonlarining barchasi ham ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili o‘lim jazosini ijro etish holatlari 2023 yilga nisbatan 16 foizga oshgan. 2024 yilda qatl etilganlarning 34 nafari — ayollar, to‘qqiz nafari — voyaga yetmaganlardir. To‘rt nafar erkak omma oldida, qolganlar qamoqxonalarda qalt etilgan.
Avvalroq Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi mamlakatga giyohvandlik vositalarini olib kirishga urinishda ayblangan olti nafar Eron fuqarosi qatl etilganini ma’lum qilgandi.
Amnesty International ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning 113 ta davlatida o‘lim jazosi bekor qilingan. 2023 yilda dunyo bo‘ylab 1,2 ming kishi qatl etilgan — ularning aksariyati Eron va Saudiya Arabistoni hisobiga to‘g‘ri keladi. Undan keyingi o‘rinlarda Somali va AQSh turibdi.
Mavzuga oid
20:17 / 07.01.2025
AQShda o‘limga hukm qilingan ikki mahbus Baydenning jazoni yengillashtirish borasidagi taklifini rad etdi
15:34 / 03.01.2025
Eron Saudiya elchisini Eron fuqarolari qatl etilgani munosabati bilan TIVga chaqirtirdi
21:09 / 01.01.2025
Zimbabveda o‘lim jazosi rasman bekor qilindi
22:05 / 27.12.2024