Jahon | 18:36 / 07.01.2025
19572
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot favqulodda Moskvaga qo‘ndi

137 nafar yo‘lovchiga ega samolyotda texnik nosozlik yuz bergan.

Foto: RIA Novosti

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan Samarqandga uchgan Boeing 737 samolyoti Moskvaning Vnukovo aeroportiga favqulodda qo‘ndi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, bunga stabilizator nosozligi sabab bo‘lgan. Samolyot bortida 173 nafar yo‘lovchi borligi ta’kidlanmoqda.

Qayd qilinishicha, samolyot Utair kompaniyasiga tegishli va favqulodda qo‘nish chog‘ida hech kim jabrlanmagan.

Mavzuga oid