Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryodagi gidropostlarni avtomatlashtirish bo‘yicha kelishib oldi
Tomonlar Sirdaryodagi suv hisobining to‘liq shaffofligini ta’minlashni rejalashtirgan.
Qozog‘iston va O‘zbekiston suv resurslari idoralari Sirdaryodagi gidropostlarni avtomatlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
«Umuman olganda, biz barcha asosiy gidropostlarni avtomatlashtirish va suv hisobining to‘liq shaffofligini ta’minlashni rejalashtirganmiz. Ushbu masalani biz qirg‘izistonlik va tojikistonlik hamkasblarimiz bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ham faol ilgari suryapmiz», dedi Qozog‘iston Suv resurslari va irrigatsiya vaziri o‘rinbosari Nurlan Aldamjarov.
Avvalroq, Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryo havzasida suvni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari o‘rnatiladigan 10 ta joyni aniqlagan edi. Ular mamlakatlar o‘rtasida teng taqsimlangan.
Qayd qilinishicha, hozir tomonlar xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Loyihaning umumiy texnik shartlari Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Mavzuga oid
11:46
“Qozoqgeyt” ishi – AQSh Qozog‘iston prezidenti va bosh vazirini nimada ayblagan edi?
22:02 / 08.01.2025
To‘qayev Qozog‘istonni atom energetikasi rivojlangan davlatga aylantirmoqchi
18:36 / 08.01.2025
Markaziy Osiyo davlatlarida 2025 yilgi dam olish kunlari soni taqqoslandi
17:53 / 08.01.2025