O‘zbekiston | 09:42
7072
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlandi

Tezkor xodim jinoyat ishida ayblanuvchilar sifatida o‘tayotgan ikki shaxsga yordam berish evaziga 10 ming dollar so‘ragan. U tezkor tadbirda qo‘lga olingan.

Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi tezkor tadbirda ushlangan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand viloyati IIB JQX JQB katta tezkor xodimining noqonuniy xatti-harakatiga chek qo‘yilgan.

Tezkor xodim o‘zining mansabdor tanishlari orqali Samarqand shahar IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida ayblanuvchilar sifatida o‘tayotgan ikki shaxsga yordam berishni va’da qilgan. U jinoyat ishining 31 yoshli shaxsga tegishli qismini Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan tugatish hamda 22 yoshli fuqaroga nisbatan esa uy qamog‘i ehtiyot chorasini qo‘llagan holda uni ozodlikda qoldirish evaziga 10 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda tezkor xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi (Pora berish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Navoiyda pora olgan IIB xodimi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Mavzuga oid