Andijon

Andijon

Andijon – Farg‘ona vodiysi hududida joylashgan viloyatlardan biri bo‘lib, u 1942 yil 6 martda tashkil topgan. Tarkibida 14 ta tuman, 2 ta shahar (Andijon va Xonobod shahri) mavjud. 2003 yilda viloyat “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlangan.

Vodiy viloyatlari tog‘ tizmalari bilan o‘ralgani uchun qishda Andijon viloyatida ob-havo birmuncha barqaror. Aholisining ko‘pchiligini o‘zbeklar tashkil etadi. Bundan tashqari, hududda qirg‘izlar, tojiklar, uyg‘urlar, ruslar, koreyslar, qangli va boshqalar ham bor. Rossiya Qo‘qon xonligini bosib olgach, bu yerga rus, ukrain, tatar, arman, yahudiy va boshqa millat vakillari ko‘chib kelgan. 

Andijon viloyati respublika ishlab chiqarishda va madaniy taraqqiyotida yetakchi o‘rin tutgan viloyatlardan biri. Respublikaning 2,6 % neftini, 8,3 % paxtasini, 8,7 % paxta tolasini, 8,7 % o‘simlik moyini beradi (2000; rejaga nisbatan). Tabiiy resurslar, qishloq xo‘jaligi xom ashyosi negizida ishlaydigan sanoat tarmoqlari, shuningdek aholiga iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar barpo yetildi. Viloyatda tadbirkorlik rivojlanib borayapti. Uni qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga 2 mlrd. so‘mdan ziyod kredit berilib, 3,4 mln. AQSH dollari miqdorida chet el sarmoyasi jalb qilindi.1995-2000-yillar mobaynida viloyat iqtisodiyotiga 23,5 mlrd. so‘m chet el sarmoyasi kiritildi.

Maydoni – 4303 ming km². 

Aholisi 2023 yil holatiga ko‘ra, 3 338 200 kishi.