Jizzax

Jizzax

Jizzax viloyati — 1973 yil 28 dekabrda tashkil etilgan. Jizzax viloyatida 12 tumani, 9 shahar, 8 shaharcha, 95 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi — Jizzax shahri.

Jizzax viloyati respublika ishlab chiqarishda va madaniy taraqqiyotida salmoqli o‘rin tutadi. Xususan, paxta, g‘alla, sabzavot, meva, chorva mahsulotlari yetishtiriladi. Bog‘dorchilikni rivojlantirishga e’tibor berilmoqda. Qurilish materiallari, xalq iste’mol mollari ishlab chiqaradigan korxonalar salmog‘i oshdi. Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2,5 mlrd. so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratildi. Faoliyat ko‘rsatayotgan 9400 ga yaqin xo‘jalik subyektlarining qariyb 8300 tasi nodavlat xo‘jaliklardir.

Jizzax viloyati qadimdan ilm-fan va ijodkorlar o‘sib ulg‘aygan yurt. Bu zaminda o‘rta acrlarda shayx Abulhasan Harakoniy (950—1034), shayx Aba Ali Fayumardiy (1084), Abu Tala ibn Nasr ibn Jundabek al-Usrushoniy, Poyanda Zaminiy, Soki Zaminiy kabi islom ma’rifati va fiqh ilmiga ulkan hissa qo‘shgan allomalar yashab o‘tgan. Keyinroq 19—20-asrlarda Maxmur Koriziy, Ubaydulloh Alamkash, Narzullo Narziy, Inomxon Maxjur singari ijodkorlar boy adabiy meros qoldirgan. 20-asr o‘zbek adabiyoti rivojida Jizzaxda tug‘ilib o‘sgan Hamid Olimjon, Sharof Rashidov, Nazir Safarov, Shukur Sa’dulla, Sarvar Azimov kabi adiblarning munosib hissasi bor.

Maydoni: 21 210 km²

Aholi soni: 1,4 mln kishi.