Navoiy

Navoiy

Navoiy viloyati – O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbida, asosan Qizilqum cho‘llarida joylashgan.

U shimol va shimoliy sharqda Qozog‘iston, g‘arbda Qoraqalpog‘iston, janub va janubiy g‘arbda Buxoro, janubiy-sharqda Samarqand va Jizzax viloyatlari bilan chegaradosh.

Navoiy O‘zbekistondagi eng yosh viloyat hisoblanadi. U 1982 yil 20 aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatidan olingan hududda tashkil etilgan. 1988 yilda viloyat tugatilgan va 1992 yilda qayta tashkil etilgan.

Viloyat hududi 111 kilometr kvadrat bo‘lib, aholisi 1 mln 65 ming kishi (2023 yil 1 iyul holatiga).

Viloyatda 8 ta tuman bor. Ma’muriy markazi Navoiy shahri. Navoiy viloyati aholisining 70 foizidan oshiqrog‘ini o‘zbeklar tashkil etadi. Shuningdek, viloyatda kamroq miqdorda ruslar, qozoqlar, ukrainlar, tatarlar, ozarboyjonlar va boshqa millatlar ham yashaydi.

Navoiy viloyatida O‘zbekistondagi bir nechta yirik korxonalar, jumladan Navoiy tog‘-kon metallurgiya korxonasi, «Qizilqumsement», «Navoiyazot» kabi korxonalar shu viloyatda joylashgan.

Navoiy viloyatida joylashgan Muruntov oltin koni dunyodagi eng yirik konlardan biri hisoblanadi.