Afrikacha oliftalik
Milanlik fotograf Daniel Tamani Kongoga safari davomida afrikalik «Sapeurs» deb nom olgan jyentlmenlarni uchratdi.
«Sapeurs» so‘zi Kongoning ko‘rkam kiyingan kishilari hamjamiyati ma'nosini bildiradi. Ushbu harakatning asoschisi Stervosu Niarchosu hisoblanadi.
«Sapeurs» qiyofasi tanlanganda doimo Paul Smith uslubiga e'tibor qaratiladi. Ser Pol Smitning o‘zi mana shu jyentlmenlarni deb 2010 yilda Afrikaga kelgan:
«Sapeurs»lardan uzoq vaqt ko‘z uzolmaysiz, ular judayam ko‘rkam kiyinishadi (har bir mayda-chuydaga e'tibor, rang tanlash,atrof-muhit va tabiat bilan uyg‘unlik). Bunga ishonish qiyin, bunday bashang kiyinish uchun vaqt, kuch va pulni ayamaydigan insonlarni hattoki moda poytaxtlari bo‘lmish Parij yoki Londonda ham topish qiyin.
Bu odamlarning o‘ziga xosligi shundaki, ularning uslub tanlashlari majburiy emas, balki mutlaqo tabiiy va deyarli tug‘ma iste'doddir. Kostyum tanlayotganda atrof bilan uyg‘unlikni his qila olish alohida iste'dod.
Agar «Sapeurs»larni podiumga Pol Smit olib chiqqan bo‘lsa, “Guinness”ning reklama kampaniyasi ularni televizorlar ekraniga olib chiqqan.
Ular qashshoq mamlakatdagi, qashshoq qit'adagi o‘zlarini boylardek his qilishni istaydigan kishilardir. «Sapeurs»lar o‘rtacha kuniga 18 pens maosh olishadi. Javonlarida esa dizaynerlarning uchlik kostyumlari, ipak paypoqlar, shlyapalar, hassa va qimmatbaho bo‘yinbog‘lar turadi. «Sapeurs» a'zolari uchun kiyim tanlash juda jiddiy ish: arzon kiyimlarni kiyish ularga to‘g‘ri kelmaydi, yomon hom-ashyolardan tayyorlangan kiyimlarni kiyish ham hurmatsizlik sanaladi.
«Ular buni qanday uddalashadi?» deb so‘rashingiz mumkin. Aksariyat kiyimlarni qo‘ldan sotib olishadi, ayrim buyumlar meros bo‘lib o‘tadi.
Tashqi ko‘rinishga nisbatan bu darajada e'tibor qaratilgani bilan, «Sapeurs»lar uchun asosiysi kostyum emas, kostyum ichidagi insondir. Ushbu yo‘alish vakillarining alohida qonunlari bor — odamlarning sizga qanday munosabatda bo‘lishlari emas, sizning odamlarga qanday munosabatda bo‘lishingiz muhim. «Sapeurs»lar xushmuomila, og‘ir-bosiq va albatta aqlli bo‘lishlari shart.
Mavzuga oid
14:40 / 14.12.2024
Litiyga talab oshgani ortidan Nigeriyadagi konlarda bolalar mehnatidan foydalanilmoqda
17:18 / 28.11.2024
Osmondagi qirollik. Dengiz sathidan 1400 metr balandda joylashgan yagona davlat haqida nimalar ma’lum?
14:08 / 05.11.2024
Sahroi Kabirni ko‘kalamzorlashtirish Yer iqlimiga qanday ta’sir qiladi?
14:30 / 21.10.2024