Jamiyat | 14:05 / 01.05.2016
42092
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi “Abdulloh ibn Mas'ud” jome masjidi yangi ta'mirdan chiqarildi

Yurtimizdagi ko‘pgina masjidlar qatori poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi “Abdulloh ibn Mas'ud” jome masjidi ham yangi ta'mirdan chiqdi, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb portali.

Shu munosabat bilan 29 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov bu dargohga tashrif buyurdilar. Hazrat jomeni ko‘zdan kechirar ekanlar, undagi ikki qavatli xonaqoh, yangi ta'mirlangan yerto‘ladagi sharoit, oyatu-hadislar bilan bezalgan peshtoq va devorlarni ko‘rib ustalar mahoratiga tasannolar aytdilar. 

Shuningdek, ikkita alohida barcha zamonaviy qulayliklarga ega tahoratxona, ma'muriyat xonalari hamda did bilan ko‘kalamzorlashtirilgan hovlini shohidi bo‘lib, musulmonlarga yaratilgan sharoitlardan minnatdor bo‘ldilar. 

Namozxonlarga Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) ning Me'rojga qilgan safarlari haqida ma'ruza qilib, juma namozini o‘qib berdilar. Alloh uyini ta'mirlashda yordam bergan, ko‘maklashgan va hasharda kamarbasta bo‘lganlar haqqiga duoi-xayrlar qildilar. 

Azizxon HAKIMOV tayyorladi. 

Mavzuga oid