Jamiyat | 14:45 / 02.05.2016
37429
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi yagona ishonch telefonini ishga tushirdi
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 1003 - yagona ishonch telefonini ishga tushirdi. Bu haqda vazirlikning saytida xabar qilindi.
Avval ushbu raqam Toshkentdagi Doctor Service klinikasining dispetcher xizmatiga tegishli bo‘lgan. Endi klinika bilan 1072 raqami orqali bog‘lanish mumkin.
Ishonch telefonlari orqali xabarlar butun kun davomida qabul qilinadi. 1003 orqali endi zarur tibbiy maslahatlar olish yoki Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga aloqador xodimlar ustidan shikoyatlar qoldirish mumkin.
Ishonch telefonlari orqali maslahatlar anonim tarzda berilmaydi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:01 / 28.12.2022
Vazirliklar qisqardi, endi 2023 yilgi budjet qayta taqsimlanadimi?
17:33 / 28.12.2022
«Vazirliklarning funksiyalari reyestri yuritiladi» – adliya vaziri yangi vazirliklar haqida
12:10 / 06.05.2022
Madaniy meros yodgorliklariga zarar yetkazilgani haqida ishonch telefoni orqali xabar berish yo‘lga qo‘yildi
17:50 / 26.03.2022