Jamiyat | 22:16 / 06.05.2016
6284
2 daqiqa o‘qiladi

Samaralik shifokor "Yandeks"dan million rubl talab qilmoqda

Samaralik nevrolog Sergey Makarov sudga "Yandeks" ustidan 1 mln dollar undirish talabi bilan murojaat qildi. Makarovning vajicha, qidiruv tizimidagi u haqidagi ma'lumot uning obro‘siga zarar yetkazmoqda. Bu haqda sud matbuot kotibi Olga Myshelovaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

"Arzchi shikoyat arizasida u haqdagi shaxsiy: familiya, ismi-sharifi, uning firmasi adresi hamda unda u yakka tartibdagi tadbirkor deb ko‘rsatilgan ma'lumotlarga internet-havolalarni o‘chirishning rad etilishini noqonuniy deb topishni talab qilmoqda", deyildi sudda.

Erkakning aytishicha, ma'lumotlarning bir qismi eskirib qolgan, qolgan qismi esa shaxsiy ma'lumotlarni saqlaydi. Samaralikning ta'kidlashicha, u "Yandeks"ga murojaat qilgan, biroq unga ma'lumotlarni o‘chirishning imkoni yo‘qligi va u shaxsiy ma'lumotlar haqidagi qonun ta'siriga tushmasligi aytilgan.

Makarov qidiruvda u haqida chiqadigan ma'lumotlar uning fikricha shaxsiy va professional rejalariga zarar yetkazishi sababli sudga murojaat qilishga qaror qildi.

Mavzuga oid