Trampning nikoh uzugi kimoshdi savdosida 300 ming dollarga sotildi
Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp va uning ikkinchi turmush o‘rtog‘i aktrisa Marla Meyplzning olmos ko‘zli nikoh uzugi Nyu-Yorkdagi kimoshdi savdosida 300 ming dollarga sotildi. Bu haqida Associated Press xabar qildi.
Harry Winston markasiga tegishli 7,45 karatli olmos ko‘zli uzuk noma'lum xaridorga sotildi. U xaridni telefon orqali amalga oshirgan.
Auktsioner Jozef Dyumushelning ma'lum qilishicha, zargarlik buyumi "noyob chiroy"ga ega.
Donald Tramp va Marla Meyplz 1993 yilda turmush qurishgan. 1999 yilda ularning turmushi buzilib, Meyplz nikoh uzugini kimoshdi savdosida 110 ming dollarga sotib yuborgan. 2016 yilda uning avvalgi egalari qayta sotishni istab qolishdi.
Mavzuga oid
17:31 / 03.12.2024
«Boshqa ahmoq toping» – Tramp BRICS davlatlariga tahdid qildi
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
15:32 / 12.09.2024
Eynshteynning Ruzveltga yozgan xati kimoshdi savdosida qariyb 4 mln dollarga sotildi
23:13 / 20.08.2024