Jamiyat | 17:18 / 02.07.2016
10983
2 daqiqa o‘qiladi

Fleshmob: Butilkani aylantirib otib, stolga tik qo‘yish

2016 yilning may oyi oxirida tarmoqda maktabdagi qobiliyatli bolalar tanlovida tasvirga olingan rolik juda mashhur bo‘lib ketdi. Shimoliy Karolina shtati, Sharlott shahrida yashovchi Mayk Senatore butilkani aylantirib otib, tomoshabinlarning olqiqshiga sazovor bo‘ldi. Mazkur video 4 milliondan ortiq marta ko‘rildi, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa butilkani otish tryukini takrorlashga kirishib ketishdi. 

May oyining boshida YouTube foydalanuvchilaridan biri suvli butilkani otishdek befoyda iste'dod namoyish etilgan videoni kanalga chiqardi. Rolikni bir yarim milliondan ortiq odam tomosha qildi, lekin maktab iste'dodlari tanlovidan olingan videodan keyingina "butilkani aylantirib otish" fleshmobi boshlandi. 

Maykni televideniyega taklif qilib, intervyu ola  boshlashdi. Stiven Kolberning tok-shousida Mayk ushbu tryukiga atigi ikki soat sarflaganini tan oladi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari chellenj g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashdi hamda butilka otish videolarini namoyish eta boshlashdi. 

Kimki zamon bilan hamnafas yurishni istasa, YouTube'da qayday qilib butilka ishtirokidagi tryukni to‘g‘ri amalga amalga oshirishni o‘rgatuvchi videolar paydo bo‘ldi. Tryukning siri oddiy: butilka yarim bo‘sh bo‘lishi kerak. 

Bu fleshmobni yoqtirmaganlar ham topildi: ko‘pchilik ushbu tryukni haddan tashqari sodda deb topdi. Frisbi otish bo‘yicha ikki karra chempion Brodi Smit o‘zining instagramdagi sahifasida "Butilkalarni otish to‘xtatilishi kerak!" degan chorlov bilan chiqdi. 
 

Mavzuga oid