Jahon | 16:44 / 04.07.2016
8768
2 daqiqa o‘qiladi

Kremlda Astaxovning iste'foga chiqishi haqidagi xabar tasdiqlandi

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Bolalar huquqi bo‘yicha komissar Pavel Astaxovning o‘z lavozimini tark etishi to‘g‘risidagi xabarni tasdiqladi. Bu haqida RIA «Novosti» xabar berdi. 

"Hozirgi vaqtda Pavel Astaxov mehnat ta'tilida. Ta'tildan qaytganidan so‘ng u o‘z ish joyini tark etishini tasdiqlashim mumkin, ungacha prezident farmoni imzolangan bo‘ladi", - dedi Peskov. 

Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Astaxov o‘z xohishi bilan ariza yozgan. 

Astaxovning o‘rnini kim egallashi haqidagi savolga Peskov "hozircha noma'lum" deya javob berdi. 

Bundan avval Astaxov Rossiya prezidenti Vladimir Putindan tanbeh eshitganini ma'lum qilgandi. 

Iyun oyida Kareliyadagi oromgohda ro‘y bergan fojiadan so‘ng shifoxonada bolalardan xabar olishga borgan davlat vakili "Qalay cho‘milib keldingiz?" deb so‘ragani tufayli nizo markaziga tushgan. 

Bolalar huquqi himoyachining iste'fosi talab qilingan petitsiyani 150 mingdan ortiq kishi imzoladi. 
 

Foto:© RIA

Mavzuga oid