Jahon | 16:16 / 08.07.2016
9800
2 daqiqa o‘qiladi

MXQ: Qozog‘istonda ushlangan jangarilar Suriyaga o‘tishni rejalashtirgan

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida o‘tkazilgan maxsus amaliyot chog‘ida qo‘lga olingan ekstremistlar, qo‘poruvchiliklarni sodir etib bo‘lgach, Suriyaga qochishni rejalashtirgan, deya xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga tayangan holda. 

Avvalroq, respublika Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Vladimir Jumakanov Qarag‘anda viloyatidagi mxsus amaliyot chog‘ida 6 nafar jangari qo‘lga olingani haqida xabar qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushlanganlarning barchasi mahalliy fuqarolardir. Ular, viloyatda qo‘poruvchiliklarni rejalashtirgan. 

"Shundan so‘ng, ular xalqaro terrorchilik guruhlari tarkibida jang qilish uchun Suriyaga jo‘namoqchi bo‘lgan", — deb xabar qilgan Qozog‘iston MXQ. 

Jangarilar, shuningdek, Balxash shahridagi Rossiya harbiy bazasiga ham hujum uyushtirmoqchi bo‘lishgan. Ayni vaqtda, ularning IShIDga aloqadorligi tekshirilmoqda.


foto:© RIA

Mavzuga oid