Devid Kemeron idorani bo‘shatishdan avval Tereza Meyga maslahat berdi
Buyuk Britaniyaning iste'foga chiqayotgan bosh vaziri Devid Kemeron o‘zining parlamentdagi so‘nggi savol-javob tarzida o‘tkazgan chiqishida, yangi bosh vazir Tereza Meyga maslahat berib, Britaniyani imkon qadar YeIga yaqinlashtirish fikrini bildirdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
«Mening o‘z o‘rnimga kelayotgan, ajoyib muzokarachi bo‘lgan bosh vazirga maslahatim shuki, u savdo, hamkorlik va xavfsizlik manfaatlari uchun YeIga imkon qadar yaqin bo‘lishga intilishi lozim», — degan Kemeron.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya YeI tarkibidan chiqqani bilan La-Mansh bo‘g‘ozi kengayib qolmaydi. Shu bois, YeI bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash Birlashgan qirollik uchun ham, Shotlandiya uchun ham birdek foydali bo‘ladi.
13 iyul kechqurun Kemeron rasman iste'foga chiqishi borasida ariza topshiradi va mamlakat bosh vazirining Dauning-strit 10-uyida joylashgan idorasini tark etadi. Mamlakatning bosh vaziri lavozimini Tereza Mey egallashi kutilayapti.
Avvalroq, Buyuk Britaniya bo‘lg‘usi bosh vaziri, IIV Tereza Mey Brexit mamlakat uchun omadli kelishi uchun barcha choralarni ko‘rishini bildirgan edi.
Mavzuga oid
14:58 / 27.12.2024
YeI Rossiyaning «soyadagi floti»ga qarshi yangi sanksiyalar paketini taklif qiladi
13:14 / 25.12.2024
El Pais: Kiyev YeIdan ukrainalik qochqinlarga to‘lovlarni qisqartirishni so‘ramoqda
00:10 / 25.12.2024
Sun’iy intellekt diabet rivojlanish xavfini o‘nlab yillar oldin aniqlashga yordam beradi
03:11 / 24.12.2024