Jahon | 03:19 / 16.07.2016
7338
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya harbiylari konstitutsiyaviy tartiblar tiklanishini istashlarini aytdi

Turkiya harbiylari mamlakatda to‘ntarish uyushtirilishidan maqsad konstitutsiyaviy tartiblar, erkinlik va inson huquqlariga amal qilinishini tiklashdan iborat ekanligini ma'lum qilishdi.

“Turkiya qurolli kuchlari konstitutsiyaviy tartiblar tiklash, inson huquqlari va erkinligi muvofiqligini ta'minlash maqsadida boshqaruvni to‘laligicha qo‘lga oldi”, - deyiladi harbiylar tomonidan berilgan bayonotda.  

Avvalroq harbiylar Turkiya bosh shtabi rahbarini asirga olganliklari haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid