Myunxenlik mergan yonida bomba yoki miltiq bo‘lmagan
Myunxen politsiyasining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, otishmani sodir etgan shaxs yonida portlovchi moddalar yoki vintovka bo‘lmagan. Uning ryukzagini tekshirgan mutaxassislar shunday xulosani taqdim etishgan.
Bu haqda, shahar politsiyasi rahbari Xubertus Andre matbuot anjumanida ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, otishmaning boshqa holatlari singari vintovka haqidagi xabar ham o‘z tasdig‘ini topmagan.
Ma'lum qilinishicha, qurollangan noma'lum shaxs McDonalds restoranida otishmani boshlagach, qo‘shni «Olimpiya» savdo markaziga o‘tgan. Bu paytga kelib, huquq-tartibot idoralari xodimlari yetib kelishgan.
Keyinchalik aniqlanishicha, jinoyatni asli eronlik 18 yashar yigit sodir etgan. Uning bu qilmishiga nima sabab bo‘lgani ma'lum emas.
Mavzuga oid
17:50 / 19.12.2024
Abxaziya parlamenti oldida otishma yuz berdi. Bir deputat halok bo‘ldi
16:47 / 17.12.2024
AQSh maktabidagi otishmada o‘qituvchi va o‘quvchilar halok bo‘ldi
10:32 / 17.12.2024
Viskonsindagi maktabda yuz bergan otishmada uch kishi halok bo‘ldi
15:38 / 12.12.2024