Jahon | 16:13 / 03.08.2016
9608
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya TIV: Moskva yangi qurollanish poygasiga qo‘shilishni xohlamaydi

Foto: RBC

Rossiya yangi, serxarajat qurollanish poygasiga aralashmaydi, biroq milliy xavfsizlikni samarali ta'minlash borasida qayg‘uradi. Rossiya tashqi ishlar vazirligining qurollarni tarqatmaslik va nazorat qilish masalalari bo‘yicha departamenti boshlig‘i Mixail Ulyanov, AQShning yangi B61-12 rusumli yadro bombalarini ishlab chiqishga tayyorlanayotgani xususidagi xabarga shunday munosabat bildirgan

Uning RIA Novostiga bergan intervyusida aytishicha, gap Yevropaning besh mamlakati (Belgiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya va Turkiya)da joylashtirilishi rejalashtirilgan yagona rusumli yadroviy kallak haqida bormoqda. U, nomi tilga olingan mamlakatlardagi Amerika yadro qurollarini yangilashi kerak. 

Ulyanovning qo‘shimcha qilishicha, mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, modernizatsiya qilingan bombalarning bir qismi AQSh hududida ham zaxirada saqlanadi.

Mavzuga oid