Germaniya g‘arbida qurollangan erkak qahvaxonani qo‘lga oldi
Germaniya g‘arbida joylashgan Saarbryukken shahri markazida qurollangan erkak qahvaxonalardan biriga kirib oldi va u yerni qo‘lga oldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Shahar politsiyasi rasmiy vakilining RIA “Novosti”ga aytishicha, erkakning shaxsi aniqlangan. U saarbryukkenlik bo‘lib, yoshi 43 da. Uning aytishicha, qahvaxonada undan boshqa hech kim yo‘q”.
Agentlik suhbatdoshining aytishicha, erkak aloqaga chiqmagan. Voqea joyida psixolog va suhbatdoshlar guruhi ish olib bormoqda. U, shuningdek, “bir guvohning so‘zlariga ko‘ra, erkak qip-qizil qonga bo‘yalgan, ammo bu hali aniqlashtirilmagan"ini ma'lum qilgan.
Bild am Sonntag nashrining ma'lumotiga ko‘ra, maxsus qo‘shin yaqin vaqt ichida hujumga o‘tishni rejalashtirmoqda. Saarbryukken markazi berkitilgan.
“Reyter” agentligining politsiyaga asoslanib xabar berishicha, hech narsa voqeaning terrorizm bilan aloqasi borligini ko‘rsatmayapti.
Aniqlashtirilishicha, erkak qahvaxona egasining kuyovi hisoblanadi va u ayni damda asabi qattiq buzilgan holatda.
Mavzuga oid
11:53 / 26.12.2024
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
10:30 / 24.12.2024
Germaniya Kiyevga keng qamrovli yangi qurollar paketini taqdim etadi
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
08:03 / 21.12.2024